SecureTower ham modul, ham boshqariladigan foydalanuvchilar soni bo'yicha litsenziyalanadi. Minimal litsenziya barcha aloqa kanallari va protokollari orqali 25 foydalanuvchidan ma'lumotlarini ushlash imkoniyatini o'z ichiga oladi. SecureTower-ni sotib olayotganda litsenziyadagi boshqariladigan protokollar va foydalanuvchilar sonini erkin o'zgartirishingiz mumkin.
Kalit - bu boshqariladigan protokollar va foydalanuvchilar sonini aniqlaydigan, proshivka etilgan litsenziyaga ega USB qurilma. Kalit mijozga bir necha usulda topshirilishi mumkin: shaxsiy uchrashuvda yoki kafolatli yetkazib berish bilan pochta orqali.
Bu SecureTower-ning to'liq xususiyatli demonstrasiya versiyasi bo'lib, u barcha hohlovchi kompaniyalarga individual asosda kelishilgan muddatga va boshqariladigan ish stantsiyalarining soniga taqdim etiladi.
SecureTower (25 ish stantsiyasi) sinov versiyasini o'rnatish uchun quyidagi tizim talablariga ega kompyuter, server yoki virtual mashina kerak bo'ladi:
Protsessor: 2,2+ GHz va undan ko'p (4 yadro va undan ko'p)
Tarmoq adapteri: 1 Gbit/s (markazlashtirilgan ushlashda 2 adapter)
Operativ hotira: 6 GB va undan ko'p
Qattiq disk: Oyiga 1 foydalanuvchi uchun 1,5 Gb ushlangan ma'lumotlarga asoslanadi. Masalan, 1,5 GB * 25 foydalanuvchi * 1 oy = 37,5 GB. 25 ta foydalanuvchidan 1 oy ichida ushlangan ma'lumotlarni saqlash uchun shuncha disk maydoni kerak bo'ladi.